Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston-Xitoy tovar aylanmasi 3 yildan so‘ng 3 mlrd dollarga yetadi
Tojikiston va Xitoy 2020 yilga kelib tovar aylanmasi hajmini 3 mlrd dollarga yetkazish niyatida. Bu haqda Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Sharif Said Dushanbeda bo‘lib o‘tgan biznes-forum vaqtida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston va XXR o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanganidan so‘ng, tovar aylanmasi bir necha martaga oshdi, mintaqalararo va sarmoyaviy hamkorlik kengaydi. Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisining aytishicha, mamlakatlar ShHT doirasida faol hamkorlik qilmoqda.
Saidning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston hukumati bozor tuzilmalari, sarmoyaviy muhit, xususiy sektorning rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun ijobiy sharoitlar yaratgan. Mamlakat yirik investitsiya loyihalariga ega bo‘lib, ular faqatgina tashqi kapitallarni jalb etish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025