Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Peresga iltimos bilan murojaat qildi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresdan «PSJ» himoyachisi Markinosni sotib olishni so‘ragan, deb yozmoqda 90minutos nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi, klubning 20 yoshli markaziy himoyachisi Xesus Valexoni «Qirollik klubi» uchun foyda keltiradigan holatda emas deb hisoblamoqda.
Futbolchi o‘tgan mavsumni «Ayntraxt»da ijarada o‘tkazgandi. Frankfurt klubi futbolchini yana bir mavsum o‘z jamoasida olib qolishni istamoqda. Ammo «qaymoqranglilar» bosh murabbiy Zaynidin Zidan uning ijarada qolishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, klubni Pepe tark etgach, fransuz mutaxassisi yana bir nafar himoyachi sotib olishni ko‘zlayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
01:45 / 20.01.2025