Jahon | 15:07 / 24.08.2017
11605
1 daqiqa o‘qiladi

Tarixda birinchi marta Antares‍ yulduzini suratga olishga muvaffaq bo‘lindi

Foto: skymania news

Chili va Germaniya astronomlari birinchi marta Chayon yulduzlar turkumidagi qizil Antares supergigantining yuqori qismini suratga olishning uddasidan chiqishdi. Tadqiqot davomida ular yulduzning yonida tez harakatlanuvchi gaz yig‘indilari borligini aniqlashdi, biroq ularni aynan nima harakatga keltirayotgani hozircha noma'lum, deyiladi Nature jurnalida. 

Yerdan 555 yorug‘lik yiliga uzoq yulduzni astronomlar besh kun davomida kuzatishdi. Bu vaqt ichida ular Very Large Telescope kompleksini tashkil etuvchi to‘rt  sinxronlashtirilgan teleskop ma'lumotlarini taqqoslashdi. Qurilmalar Chilidagi Serro Paranal tog‘iga o‘rnatilgan. 

Qizil supergigantlar yulduzlar evolyutsiyasining so‘nggi bosqichini ifodalaydi. Bunday osmon jismi Quyoshdan deyarli to‘qqiz karra og‘irdir. 

Mavzuga oid