1937 yilgi san'at asarida iPhone "topildi"
Musavvir Umberto Romanoning 1937 yilgi suratida qo‘lida iPhone'ga juda o‘xshash narsa ushlab o‘tirgan hindu "aniqlandi", deya xabar beradi Motherboard.
Manbada ta'kidlanishicha, italiyalik musavvir Umberto Romano «Janob Pinchon va Springfild qarorgohi» surati ustidagi ishlarini 1937 yilda yakunlagan. Unda britaniyalik kolonist Uilyam Pinchon tasvirlangan.
Uning yonida esa an'anaviy kiyimdagi hindu iPhone smartfoniga juda o‘xshash narsaga tikilib o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Zamonaviy inson uning qo‘lidagi narsani boshqa biror buyum sifatida qabul qilishi qiyin.
Hinduning yonidagi qo‘llari bog‘liq kishi ham unga qiziqish bilan boqmoqda. Romanoning kartinasidagi qolgan qahramonlar esa hinduning qo‘lidagi buyumga e'tiborsiz holda aks ettirilgan.
Motherboard muharriri Brayan Anderson kartina haqida tarixchi Deniyel Krounning rassom haqidagi maqolasidan ma'lumot olganini aytgan.
Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, rasmda smartfon emas, oddiy ko‘zgu bo‘lishi mumkin. Uning taxminicha, bu asl amerikaliklarning jamiyatdagi yuqori mavqeini bildiradi.
Mavzuga oid
12:58
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
16:30 / 29.10.2024
Indoneziyada iPhone 16 sotuvi taqiqlandi
22:39 / 28.10.2024