Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya Afg‘onistondagi harbiy kontingentini kengaytiradi
Yangi Zelandiya mudofaa vaziri Afg‘onistondagi nojangovar harbiy kontingentini kengaytirishini ma'lum qildi. Bu haqda The Telegraph gazetasi yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, mamlakat mudofaa vaziri Mark Mitchell shunday bayonot bilan chiqish qilgan.
«Yangi Zelandiya hamkorlari bilan birga Afg‘onistondagi barqarorlikni ta'minlashni va xalqaro terrorizm xavfiga qarshilik ko‘rsatishni davom ettiradi», — degan vazir.
Gazetaning yozishicha, Yangi Zelandiya harbiylari 2001 yildan beri Afg‘onistonda xizmat vazifalarini bajarmoqda. 2013 yilda ularning soni qisqara boshlagan edi.
Shu hafta boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha yangi rejasini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025