Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzda texnik spirtdan aroq tayyorlab sotgan “mashhur” tadbirkor ushlandi
Qashqadaryo viloyati IIBning boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbir davomida Shahrisabz shahrining “Cho‘lpon” MFY hududidagi xonadonlarning birida yashirin sex tashkil etilgani aniqlandi. Unda 1952 yilda tug‘ilgan Ya.S. qo‘lbola usulda texnik spirtdan aroq tayyorlayotganligi aniqlandi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ya.S. o‘zining noqonuniy harakatiga o‘g‘li va jiyanini ham jalb qilgan. Ularning vazifasi 0,5 litr sig‘imli shisha idishlarga “Shahrisabz” aroq-vino zavodi yorliqlarini yopishtirib, donasini 6800 so‘mdan mijozlarga tarqatish bo‘lgan.
Bundan tashqari Ya.S.ning uyi ko‘zdan kechirilganda 60 litrli idishda iste'molga yaroqsiz etil spirtini qayta ishlovchi qo‘lbola uskuna, 588 dona “Shahrisabz” arog‘i yorliqlari yopishtirilgan tayyor aroq ichimligi, 52 litr spirt, 400 dona metall qopqoq, 3200 dona aksiz marka, 400 ta sellofan qoplagich, 170 litr qadoqlanmagan aroq, 1920 ta “Shahrisabz” arog‘i yorliqlari yopishtirilgan shisha idishlar, 12 kg qadoqlashga mo‘ljallangan sellofanlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
11:18 / 17.04.2025