Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada fojiali tarzda halok bo‘lgan ziyoratchi ayol o‘zbekistonlik bo‘lgani haqidagi taxminlar rad qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Makka shahrida Haj ziyorati chog‘ida Haramdan tushib ketgan ayol o‘zbekistonlik emasligi haqida bayonot berdi. Bu haqdagi e'lon idoraning rasmiy saytida nashr etildi.
Fojyea 22 avgust, seshanba kuni yuz bergan edi.
«Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Makkai mukarramadagi Haramda yuz bergan fojia videosi keng tarqalmoqda. Videotasvirda Haramning yuqori qavatidan bir ayol pastga tushib ketgan va unga birinchi yordam ko‘rsatayotganlar orasida o‘zbekistonlik ziyoratchi ham ko‘ringan. Shu sababli yiqilgan ayol ham o‘zbekistonlik ziyoratchilardan biri degan noto‘g‘ri ma'lumot tarqalgan», — deyiladi xabarnomada.
«O‘zbekiston ishchi guruhi mazkur masalani atroflicha o‘rgandi. O‘zbekistondan kelgan ziyoratchilar sog‘-salomat holda ibodatlarini davom ettirmoqda», — deyiladi idora bayonotida.
Haram xavfsizlik xizmati yiqilgan ayol efiopiyalik ziyoratchilardan ekanini aniqladi.
Mavzuga oid
16:09 / 03.05.2025
2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi
15:55 / 07.01.2025
Saudiya Arabistonida yomg‘irlar tufayli Makka va Madinani suv bosdi
20:00 / 28.12.2024