Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Majburiy ijro byurosi yordami bilan xonadonlar toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani “Eyvalek” mahalla fuqarolar hududida joylashgan xonadonlarning ayrim qismida ichimlik suvi bilan ta'minlash mummosi paydo bo‘lgan edi. Ushbu muammo 2006 yilda Alisher Navoiy nomli savxoz tugatilishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Chunki mahalla xududidagi Ozodlik-1 ko‘chasida joylashgan xonadonlar aynan shu sovxoz balansida bo‘lgan suv nasosi orqali ichimlik suvi bilan ta'minlab kelingan. Ushbu ko‘chada joylashgan xonadonlarning muammosini hal qilish maqsadida, mahalla fuqarolar yig‘ini hamda fuqarolar tomonidan tumandagi mutasaddi idoralarga bir necha marotaba murojaat etilganiga qaramay, masala o‘z yechimini topmagan.
Majburiy ijro byurosi Ohangaron tumani bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida yuqoridagi muammo aholi tomonidan ko‘tarilgan. Byuro xodimlari aralashuvi bilan ichimlik suvi muammosi xal etilib, 24 ta xonadon ichimlik suvi bilan doimiy ta'minlanadigan bo‘ldi. Bundan xursand bo‘lgan aholi Majburiy ijro byurosi Ohangaron tumani bo‘limiga o‘z minnatdorligini bildirib tashakkurnoma yo‘lladi.






Mavzuga oid
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
19:33 / 04.03.2025
Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. U qamoqdagi mahkumning uyini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘lgandi
09:33 / 24.02.2025
Ohangaron daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
18:16 / 04.02.2025