Sport | 18:44 / 26.08.2017
9122
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Manchester Siti» 97-daqiqada g‘alabani ilib ketdi

Foto: Twitter/ManCity

Angliya premer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda «Manchester Siti» «Bornmut» mehmoni bo‘lib, dramatik tarzda kechgan uchrashuvning so‘nggi soniyalarida g‘alabani ilib ketdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida mezbonlar vakili Deniels uzoq masofadan bergan zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Gabriel Jyezus 21-daqiqada David Silvaning zarbasini golga aylantirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida boshqa gol kiritilmadi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan 7-daqiqada Rahim Sterling mehmonlar joniga oro kiruvchi gol muallifi bo‘ldi va «Siti»ga o‘ta muhim bo‘lgan uch ochkoni keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» hisobidagi ochkolar soni 7taga yetdi va jamoa hozirda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi.

Angliya premer-ligasi, 3-tur

Bornmut – Manchester Siti 1:2 (1:1)
Gollar: Deniels (13) – Gabriel Jyezus (21), Rahim Sterling (90+7).
Bornmut: Begovich, Ake, Kuk, Deniels, Mingz, Arter, Serman, King, Gosling, Smit, Defo (Afobe, 73; Musse, 90).
Manchester Siti: Ederson, Kompani, Mendi, Danilo, Otamendi, Fernandino, Bernardu Silva (Aguero, 66), Sterling, de Bryuyne, Silva, Gabriel Jyezus (Sane, 82).
Ogohlantirishlar: Ake (23), Kompani (56), Silva (56), Otamendi (67), Kuk (74), Mendi (79), Mingz (85), Sterling (90), Smit (90).
Chetlatish: Rahim Sterling (90+8).

Mavzuga oid