Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Nyukasl» ilk g‘alabasini nishonladi, ikki o‘yinda gol urilmadi
APLning 3-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
«Nyukasl» bu turda chempionshipdan Angliya Premer-ligasiga qaytganidagi ilk g‘alabasiga erishdi. Rafael Benites shogirdlari «Vest Hem»ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
«Qarg‘alar» safida gollarga Xoselu, Kiran Klark va Aleksandr Mitrovich muallif bo‘lishdi. «Nyukasl» turnirdagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritdi, «Vest Hem» qatorasiga 3 mag‘lubiyatdan keyin 0 ochko bilan turnir jadvalida oxirgi o‘rinda qolmoqda.
Tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «Suonsi» «Kristal Pelas»ni yengdi (2:0), «Sauthempton» «Haddersfild Taun» bilan nursiz durangga rozi bo‘ldi (0:0), «Brayton end Xouv Albion» va «Uotford» uchrashuvida ham muxlislar gol ko‘rishmadi (0:0).
Angliya chempionati, 3-tur
Nyukasl – Vest Hem 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 36 Xoselu, 2:0 – 72 Klark, 3:0 – 86 Mitrovich.
Nyukasl – Elliot, Lassels, Mbemba, Mankilo, Klark, Atsu, Xeyden (Diame, 82), Merino, Ritchi (Merfi, 88), Peres, Xoselu (Mitrovich, 72).
Vest Hem – Hart, Kollinz, Kressuell, Sabaleta, Ogbonna, Rays (Lansini, 46), Nobl (Kuyate, 71), Fernandesh, Antonio, Ayyu (Sako, 70), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Ernandes (17), Fernandesh (65), Sako (78), Merino (83).
Kristal Pelas – Suonsi 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 44 Abraxam, 0:2 – 48 Ayyu.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins (Kelli, 41), van Anxolt (Li Chun Yun, 46), Uord, Denn, Makartur, Fosu-Mensa, Taunsend, Milivoyevich (Kabay, 58), Panchon, Benteke.
Suonsi – Fabianski, van der Xorn (Rautledj, 70), Mouson, Olsson, Fernandes, Fer, Kerroll, Klukas, Noton (Ranxel, 88), Abraxam (Makberni, 78), Ayyu.
Ogohlantirishlar: Benteke (10), Uord (77), Kabay (79), Fer (80), Panchon (90).
Haddersfild – Sauthempton 0:0 (0:0, 0:0)
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Leve, Smit, Shindler, Ins, Billing (Uilyams, 61), van La Parra (Palmer, 56), Muy, Kachunga (Kvaner, 88), Mune.
Sauthempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Romeu, Lemina (Long, 64), Tadich (Makkuin, 74), Devis, Redmond, Gabbyadini (Uord-Prouz, 71).
Ogohlantirish: Romeu (45).
Uotford – Brayton 0:0 (0:0, 0:0)
Uotford – Gomes, Kabasele, Predl, Britos, Femeniya, Chaloba, Kleverli, Amrabat (Ketkart, 28; Karrilo, 47), Dukure, Risharlison, Grey (Dini, 83).
Brayton – Rayan, Daffi, Zuttner, Saltor (Rosenor, 46), Dank, Propper, Stivens, Gross (Merfi, 90), March, Knokert (Iskerdo, 81), Xemed.
Ogohlantirish: Saltor (17).
Chetlatish: Britos (24).
Mavzuga oid
00:33 / 01.03.2020
APL. «Liverpul» «Uotford»ga yirik hisobda yutqazib, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi
09:30 / 22.09.2019
«Siti» 18 daqiqada 5ta gol urib rekord o‘rnatdi. Keyin yana 3ta gol urdi
20:15 / 07.08.2019
Uelbek «Uotford»ga o‘tdi
03:01 / 24.04.2019