Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonada terrorchilikka qarshi marshda Ispaniya bosh vaziri va qiroli ham ishtirok etdi
Barselonada 17 avgustda sodir etilgan teraktlar qoralangan, terrorchilikka qarshi “Men qo‘rqmayman!” (“No tinc por”) shiori ostida marsh bo‘lib o‘tdi. Unda o‘n minglab odamlardan tashqari, Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy va qirol Filipp VI ham ishtirok etdilar.
Barselona meri Ada Kolau “Biz mehmondo‘st va ochiq shaharmiz. Bugun biz “Men qo‘rqmayman” deb hayqirgancha yana ko‘chalarga chiqmoqdamiz”, deb yozgan tvitterda.
Bundan avval, 25 avgustda ushbu shior ostida 16 mingdan ko‘proq odam bir hafta oldin Barselona bilan birga terrorchilar nishoniga aylangan Kambrils ko‘chalariga chiqishdi.
17 avgustda Barselonada terrorchilar shahar markazidagi Rambla ko‘chasida piyodalarni furgonda bosib ketishgan. Xuddi shunday ikkinchi hujum Kambrilsda shu kuni kechki vaqt sodir etilgan.
Keyinroq jangarilar Barselonaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri Sagrada-Familiya ibodatxonasida portlashni amalga oshirmoqchi bo‘lganlari aniqlangan. Ular bu mudhish rejalarini amalga oshirish uchun minalashtirilgan uchta furgonni portlatmoqchi bo‘lishgan, biroq Alkanar shahridagi turgan uylarida portlash sodir bo‘lgani sababli rejalarini keskin o‘zgartirishgan. Bu yerda ular portlovchi qurilmalar tayyorlashgan.
Hammasi bo‘lib teraktlar oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 120 dan ko‘proq kishi jarohat olgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025