Sport | 23:47 / 26.08.2017
11396
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted»da yana «quruq» g‘alaba


Foto: Twitter/Premierleague

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining uchinchi tur uchrashuvlari doirasida «Lester Siti» bilan o‘ynadi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida manchesterliklarning yangi hujumchisi Romelu Lukaku qatorasiga uchinchi o‘yinda gol urishi mumkin edi, ammo u penaltini aniq amalga oshira olmadi. 70-daqiqada «MYu» baribir hisobni ochdi — Markus Rashford Genrix Mxitaryan pasini golga aylantirdi. 82-daqiqada Marvon Fellayni Jyessi Lingard pasidan keyin o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, Joze Mourino shogirdlari qatorasiga uchinchi o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan holda g‘alabaga erishmoqda. Endi «MYu» 9 ochko bilan APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda. «Lester» 3 ochkosi bilan 16-pog‘onada qolgan.

Angliya chempionati, 3-tur
Manchester Yunayted – Lester 2:0
Gollar: 1:0 – 70 Reshford, 2:0 – 82 Fellayni.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Blind, Valensiya, Djons, Mata (Reshford, 67), Matich, Pogba, Mxitaryan (Fellayni, 74), Marsiyal (Lingard, 76), Lukaku.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Mahrez, Ndidi, Jyeyms, Olbrayton (Grey, 60), Okadzaki (King, 60), Vardi (Slimani, 76).
Ogohlantirish: Mxitaryan (54).

Mavzuga oid