Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga keladi
2017 yilning 25 avgust kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi delegatsiya Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan «EKSPO-2017» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Koreya Respublikasi va Fransiya pavilonlariga tashrif buyurdi.
Qozog‘iston rahbari O‘zbekiston pavilonida respublikaning energiyaning muqobil turlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlari orqali taqdim etilgan energetik salohiyati bilan tanishdi. O‘zbekiston pavilonida taqdim etilgan har bir eksponat bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Nursulton Nazarboyev ichki o‘rnatilgan quyosh panellariga ega elektromobilning kontseptual modeli va quyosh hamda shamol quvvati yordamida ishlovchi ekozavod maketi, shuningdek, maxsus turbinali tegirmonlarga alohida qiziqish bildirdi. Qozog‘iston rahbarining ta'kidlashicha, ishlab chiqilgan kontseptlar ancha istiqbolli g‘oyalar sanaladi.
Nazarboyev O‘zbekistonga yaqin orada rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgani haqida ham aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025