Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Alaves» - «Barselona». Messi yana penaltini ura olmadi, lekin jamoasiga g‘alaba keltirdi
«Barselona» Ispaniya Primerasining ikkinchi turi doirasida «Alaves»ga qarshi bahs o‘tkazdi. Vitoriya shahridagi «Mendisorrosa» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
38-daqiqada Xerard Pikega qo‘pollik ishlatilgach, «Alaves»darvozasiga penalti belgilandi. Ammo zarbani amalga oshirishda Lionel Messi xato qildi.
O‘yinning 55-daqiqasida Messi Xordi Albadan to‘pni qabul qilib olib raqib darvozasini nishonga oldi. To‘p rikoshet orqali darvozaga borib tushdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Pako Alkaser Messini golli pas bilan ta'minladi va yakuniy hisob o‘rnatildi - 2:0.
Ispaniya chempionati, 2-tur
Alaves – Barselona 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 55 Messi, 0:2 – 66 Messi.
Alaves – Pacheko, Ruano, Eli, Vigaray, Pedrasa, Pina, Manu Garsiya, Romero, Mubarak (Zidan, 77), Ibai Gomes (Burgi, 67), Sobrino (Santos, 78).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Aleish Vidal (Pako Alkaser, 57), Umtiti, Inesta (Paulino, 88), Buskets, Serji Roberto, Rakitich, Deulofeu (Denis Suares, 71), Messi.
Ogohlantirishlar: Umtiti (32), Mubarak (36), Eli (38), Serdji Roberto (41), Pike (45).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025