Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh-2017. Iqboljon Xoldorov keyingi bosqichda
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun ringga chiqishi kutilayotgan 5 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning ikki nafari o‘z janglarini o‘tkazib ulgurdi.
Dastlab, 56 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda ishtirok etayotgan Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga qarshi jang o‘tkazdi va 1:4 hisobida yutqazdi.
64 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterres bilan kuch sinashdi. 20 yoshli Iqboljon raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U jang davomida to‘liq ustunlikka erishdi va g‘alabani rasmiylashtirdi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:26, 30:26, 30:25).
Shu tariqa, Xoldorov jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi.
Bugun yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschilar kuch sinashadi.
Mavzuga oid
09:25 / 04.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
08:50 / 17.12.2023