Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Los-Anjyelesda test tunnelini qurdiradi
Ilon Maskka tegishli The Boring Company Kaliforniya hukumatidan Xotorn shahrida test tunnelini qurish uchun ruxsat olishga muvaffaq bo‘ldi. Quruvchilar bunga qadar faqat SpaceX kompaniyasiga tegishli hududlardagina tunnel qazishlari mumkin edi. Hi-News mavzuga oid yangilik bilan bo‘lishdi.
Yangi test tunneli SpaceX hududidan tashqarida bo‘ladi va Xorton shahri ostida 13 metr chuqurlikdan o‘tadi. Kuni kecha shahar kengashi Maskka shunday imkoniyat taqdim etishga doir qarorni qabul qildi.
The Boring Company mutaxassislari aholini burg‘ulash mashinalari shaharning kundalik hayotiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmasligiga - odamlar uning borligini ham payqamasligiga ishontirishdi. Tunnel uzunligi 3 kilometr atrofida bo‘ladi. U uy-joy va ma'muriy binolarni chetlab o‘tib, shahar ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi. Barcha zarur sinovlar o‘tkazib bo‘linganidan so‘ng test tunneli tuproq yoki beton bilan yopiladi.
Kompaniya kelgusida yirik shaharlarni birlashtiruvchi va tirbandlikka doir muammolarni bartaraf etish imkonini beruvchi tarmoqlar tarmog‘ini qazishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025