Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada o‘zbekistonlik urush faxriylari sharafiga bayram uyushtirildi
Ma'lumki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori e'lon qilingan edi. Ana shu farmon va qarorga asosan O‘zbekistonda faxriylarga ko‘plab moddiy va ma'naviy e'tibor va ehtirom ko‘rsatildi. Hukumat tomonidan berilayotgan e'tibor Makkai mukarrama shahrida ham davom etmoqda. Kecha erta tongdan Makka shahri "al-Hidoya" mehmonxonasi juda chiroyli tarzda bezatildi. Shu kuni o‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi faxriylariga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi. Boshlari uzra atirgullar sochildi, mushku anbarlar sepildi. Muborak zam-zam suvi va shirinligu xurmolar bilan siylanishdi. Bayram tadbiriga tashrif buyurgan san'atkorlar tomonidan shukronalik ohanglari va salavotlar kuylandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan urush faxriylari O‘zbekiston prezidenti boshchiligida hukumat tomonidan keksalarga katta g‘amxo‘rlik va beminnat yordam ko‘rsatilayotgani, nuroniylarga hurmat-e'tibor berilayotganini alohida e'tirof etildi.

Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Haj vazirligi rahbarlari, "al-Hidoya" xalqaro shirkati rahbari Solih Salim Bohviniy va boshqa mutasaddilar so‘zga chiqib, o‘zbek xalqini O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi bilan samimiy muborakbod etishdi va faxriylarni el-yurt tinchligi yo‘lida qilgan buyuk xizmatlarini yuksak e'tirof etishdi.


Tadbir so‘ngida faxriylarga esdalik sovg‘alari ulashildi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar haqiga Qur'oni karim tilovat qilinib, ularning ruhi yodga olindi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi so‘rab duoi xayrlar qilindi.
Zafar Xayrullayev,
“Ziyo” studiyasi
Mavzuga oid
20:45 / 01.05.2025
O‘zbekistonda II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni ma’lum qilindi
20:36 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi
19:49 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi
15:55 / 07.01.2025