Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meyvezerning faoliyati davomidagi umumiy daromadi milliard dollardan oshdi
26 avgust Las-Vegasda amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va UFC chempioni Konor Makgregor o‘rtasida boks jangi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu jang yakkakurashlar tarixidagi eng serdaromadi bo‘ldi. Meyvezerning promouterlik kompaniyasi ijrochi direktori Leonard Ellerbening aytishicha, jang yakunlangandan keyin amerikalikning butun faoliyati davomida ishlab topgan puli 1 mlrd dollardan oshib ketdi.
Avvalroq Meyvezer ushbu jang orqasidan 400 mln dollar ishlab olgani ma'lum qilingandi.
Shu tariqa, Meyvezer daromadi milliard dollardan oshgan tarixdagi uchinchi sportchi bo‘ldi. Avval bunday natijaga basketbolchi Maykl Jordan va golfchi Tayger Vuds erishgan.
“Asr jangi” deb nom olgan jangning o‘zi esa Meyvezerning 10-raunddagi texnik nokaut bilan erishilgan g‘alabasi bilan tugadi.
Mavzuga oid
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
16:07 / 28.02.2025
Qaysi soha vakillari daromadlari oshishini ko‘proq kutyapti?
16:42 / 03.02.2025
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896 trln so‘mni tashkil etdi
10:03 / 03.02.2025