Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada tinch aholi ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Oxirgi vaqtda og‘ir iqtisodiy vaziyatda qolgan va AQSh tomondan tahdidlarga uchrayotgan Venesuelada tinch aholi ishtirokidagi harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar doirasida harbiylar aholiga o‘qotar quroldan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish kerakligini va qo‘l jangi uslublarini namoyish qilishgan.
Venesuela hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda 700 ming nafar zaxiradagi harbiy va fuqaro hamda 200 ming harbiy ishtirok etadi.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Trampning Venesueladagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilish taqdidlariga javoban harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025