Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ota o‘z o‘g‘lining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi
19 avgust kuni Farg‘onaning Bag‘dod tumani, Olchin qishlog‘ida avtomashina sabab yuzaga kelgan janjal oqibatida 51 yoshli ota 27 yoshli o‘z o‘g‘lining ustiga benzin quyib, yoqib yubordi. Bu haqda 1news.uz xabar bergan.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, ota biron joyga borishi kerak bo‘lib, mashinani so‘ragan. O‘g‘il "mashina menga kerak", degan. Mashina esa bitta. Shu payt jahl ustida ota o‘z o‘g‘lining ustiga baklashkada benzin sepib, yoqib yuborgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda o‘z o‘g‘liga o‘t qo‘ygan shaxsga nisbatan "Odam joniga qasd qilishga urinish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u hibsda ushlab turilibdi, tuman prokuraturasi tomonidan tergov olib borilmoqda.
Nashrning yozishicha, jabrlanuvchi o‘g‘il tanasining 70 foizi kuyib, og‘ir ahvolda Bag‘dod tumani kasalxonasiga yotqizildi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
08:34 / 03.05.2025
Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
17:21 / 28.04.2025