Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanida talonchilik fosh etildi
2017 yilning 22 avgust kuni taxminan soat 08:00 larda, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan sudlangan Z.V.V. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumanida joylashgan “Ipoteka” bankining yonida bo‘la turib, fuqaro I.V.V.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan «LG» rusumli uyali telefoni, “Ipoteka” banki tomonidan berilgan plastik kartasi va 560.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni xavfli retsidivist tomonidan, sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
22:03 / 17.03.2025
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi
11:50 / 08.02.2025