Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Dembelening «Barselona»dagi ilk soatlari va ilk intervyusi
Fransiyalik hujumchi Usmon Dembele Barselonaga yetib keldi. Dortmundning «Borussiya» klubidan «Barselona»ga o‘tayotgan bu 20 yoshli futbolchi klub bazasida bo‘lgan va klubdagi ilk intervyusini bergan.
«Men «Barselona»da o‘ynashimdan juda mamnunman. Hamisha «Barselona»da o‘ynashni istardim, bolalikdagi orzum ushalganidan juda ham xursandman. Men dunyoning eng kuchli klubidaman, bu klubda eng yaxshi futbolchilar o‘ynaydi. Mening maqsadim bor kuchimni shu klub uchun sarflash va jamoa bilan yutuqlarga erishish», — deya Dembelening so‘zlarini keltirgan kataloniyaliklar klubi rasmiy sayti.
«Barselona» ushbu futbolchi uchun «Borussiya»ga 105 million yevro to‘ladi, bu miqdor turli bonuslar hisobiga yana 40 million yevroga ortishi mumkin.
Dembele bugun katalonlar klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda, uning badal puli miqdori 400 mln yevro etib belgilanadi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025