Jahon | 17:36 / 29.08.2017
6116
1 daqiqa o‘qiladi

BAA bosh vaziri Qurbon hayiti munosabati bilan 543 mahbusni afv etdi

Foto: WAM

BAA bosh vaziri va vitse-prezidenti, Dubay amiri Muhammad bin Rashid Al-Maktum Qurbon hayiti munosabati bilan Dubay qamoqxonalarida saqlanayotgan turli millatdagi 543 nafar mahbusni afv etishga buyruq berdi.

Bu haqda Gulf News xabar bermoqda.

Dubay bosh prokurori Issom Isso Al Humaydanning ma'lum qilishicha, amirning farmoyishi mahbuslarning oilalariga quvonch keltiradi, shuningdek, ularga yangi hayotni boshlashga yordam beradi.

Avvalroq Marokash qiroli 415 kishini afv etgani xabar qilingandi.

 

Mavzuga oid