Deputat «narxoz mashmashalari»ga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputati Abduqodir Toshqulov respublikadagi ayrim obro‘li oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U partiyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida uyushtirilgan jonli efirida shu haqda berilgan savolga javob berar ekan, “narxozda bu kabi testlar o‘tkazish yillar davomida mavjud” bo‘lganini ta'kidladi. U masalaga fikr bildirar ekan, jumladan shunday dedi:
“Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi kirish testlari yillar mobaynida odamlarning og‘zida edi. U yerdagi adolatsizliklar, boshqa masalalar ham muhokama bo‘lardi.
Foto: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi sirlar ochilmoqda
«Narxoz»da test kuni «rektorskaya gruppa» ishlaganmi yoki bu bir tasodifmi?
Ming afsus, davlatimiz rahbari tomonidan test imtihonlari ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha talablar qo‘yilishiga qaramasdan, hukumat bu masala bo‘yicha katta sa'y-harakatlar qilishiga qaramasdan, o‘zingiz ko‘rdingiz — o‘tish ballidan pastdagi ball 2—2,5 barobar farq qilyapti.
Men o‘zim 20 yil ta'limda ishlaganman. Hozir ham yarim stavkada dars beraman. Lekin ta'limda ishlagan-ishlamaganidan qat'i nazar, holat barcha uchun aniq javob. Bu bo‘yicha mening fikrim xuddi siznikidek”.
Deputatning ishonch bildirishicha, tez orada test imtihonlari isloh etiladi. Bunga Davlat rahbarining o‘zi bevosita rahbarlik qiladi.
“Davlatimiz rahbarining bir necha chiqishlarida kuzatdim — test imtihonlari isloh bo‘ladi. Bundan to‘rt yillar avval O‘zLiDeP Siyosiy kengashi yig‘ilishida: “Testni ham isloh qilishimiz kerak, bunda yomon jihat yo‘q. Ba'zi davlatlar inshoni qo‘shyapti, bu masalalarni ham o‘ylash kerak”, deganimizda biroz e'tiroz bo‘ldi: “Siz hamma davlatni havas qilavermang. Bizda yaxshi” kabi.
O‘shanda ham bu universitetda ahvol mana shunday edi. Shuning uchun, men aminman, keyingi o‘quv yilida barcha xatolarimiz hisobga olinib, umuman qabul jarayoni isloh qilinadi. Ta'limdagi islohotlarimiz endi boshlandi. Juda og‘ir jarayon bu. Bunga vaqt kerak. Xorijiy davlatlar tajribasini haqiqatda o‘rganishimiz kerak”, - dedi Abduqodir Toshqulov.
Mavzuga oid
20:21 / 19.09.2024
O‘zLiDeP xususiy mulk huquqini himoya qilish va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni taklif etmoqda
17:51 / 07.09.2024
Toshkentda "O‘zLiDeP"ning birinchi Kongressi bo‘lib o‘tdi
15:27 / 28.08.2024
Aktam Xaitov: Soliq qo‘mitasi biznesga ortiqcha to‘siq yaratgan taklifni muhokamalarsiz joriy qildi
15:03 / 14.08.2024