Kreml Ivanka Trampning Putin kursisida o‘tirib ko‘rishi haqidagi savolga javob berdi

Foto: Reuters/Gleb Garanich
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov amerikalik tadbirkor Feliks Saterning Ivanka Tramp Moskvaga tashrifi davomida Vladimir Putinning kursisida o‘tirib ko‘rishi haqidagi bayonotini rad etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Peskovning jurnalistlar bilan muloqoti davomida, undan Saterning so‘zlari haqiqatga naqadar mos tushishi bilan qiziqishgan.
«Yo‘q, bunday emas», - deya qisqa javob bergan Peskov.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Ivanka Tramp otasi o‘rnini egallashiga munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid

00:47
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

17:23 / 17.04.2025
Aybdorlar «xit paradi»da o‘zgarish: Tramp ilk marta Putinni urushning bosh aybdori deb atadi

15:09 / 16.04.2025
Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi

22:54 / 13.04.2025