Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi eng boy oilalar ma'lum qilindi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiyadagi o‘nta eng boy oilaning umumiy davlati so‘nggi yil ichida 2 mlrd dollarga oshib, 27 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, reytingda 9,91 mlrd dollarga ega Gutseriyevlar oilasi yetakchiga aylandi.
Foto: Kommersant'
Rotenberglar oilasi 4,2 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Aniqlik kiritilishicha, Arkadiy Rotenbergga 2,5 mlrd dollar, uning akasi Boris Rotenbergga esa 1 mlrd dollar tegishli. Arkadiy Rotenbergning o‘g‘li Igorda – 700 mln dollar bor.
Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan aka-uka Aleksey va Dmitriy Ananevlar 2,7 mlrd dollar bilan joy oldi.
TAIF egalari Ayrat va Radik Shaymiyevlar reytingning to‘rtinchi o‘rnidan joy oldi. Ularning har birida 1,1 mlrd dollar bor. O‘z navbatida Ayrat Shaymiyevning o‘g‘li Timurning davlati 15 mln dollarga baholanadi.
Forbes beshinchi pog‘onaga aka-uka Ziyovuddin va Magomed Magomedovlarni joylashtirdi. Ularning davlati 1,75 mlrd dollarga baholangan.
Avvalroq Forbes Rossiyaning eng badavlat ayollari reytingini taqdim etgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025