Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotiga a'zo bo‘lmoqda
2017 yilning 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriy bilan uchrashdi.
Mehmon yurtimizga tashrifi va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi» nomli xalqaro konferensiya hamda «Sharq taronalari» musiqa festivalining ochilish marosimida ishtirok etishdan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdi.
TIVdagi suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ISESCO o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriy yakunlangan O‘zbekistonning IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi shiori – «Ta'lim va ma'rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li», IHT TIVKning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslari ISESCOning maqsad va vazifalariga to‘liq mos tushishini alohida ta'kidladi hamda joriy yilning 26 avgust kuni Toshkent islom universiteti huzurida islom tamaddunini o‘rganish bo‘yicha ISESCOning Maxsus kafedrasi ochilishi buni tasdiqlashini qayd etdi.
Muzokaralar yakunida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ISESCO Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriyga O‘zbekiston nomidan mazkur tashkilotga to‘la huquqli a'zo sifatida kirish istagi to‘g‘risidagi yozma nomani topshirdi hamda ISESCO nizomini rasman imzoladi.
Mavzuga oid
11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
17:07 / 08.04.2025
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
11:34 / 24.03.2025
Abdulaziz Komilov YeIning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi
15:20 / 05.03.2025