Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ziyoratchilar haj arkonlarini bajarishga kirishishdi
30 avgust kuni o‘zbekistonlik hojilar "al-Hidoya" mehmonxonasida oppoq ehromlarga kirgan holda haj amallarini bajarishga kirishishdi. Bu haqda Makka shahri, Mino vodiysidan “Ziyo” studiyasi xodimi Zafar Xayrullayev xabar bermoqda.
O‘zbekistondan tashrif buyurgan ziyoratchilar mehmonxonadan tashkiliy ravishda Mino vodiysiga yetib kelishgan. Ular 30 avgust, Zulhijja oyining sakkizinchi kuni ushbu vodiyda duo, zikr va tasbehlar bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik hojilar Zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni, ya'ni 31 avgust kuni bomdod namozidan so‘ng tashkiliy ravishda duolar qabul bo‘ladigan maskan - Arafot manzili tomon yo‘l olishadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025