Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zimbabve va Zambiya shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi hamda olimpiadani o‘tkazishi mumkin
Zimbabve va Zambiya shaxmat bo‘yicha 2021 yilda Jahon kubogi hamda 2022 yilda shaxmat olimpiadasini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshiradi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «R-Sport».
«Zambiya va Zimbabve vakillari men bilan uchrashuvda yaqin vaqt ichida qo‘shma taklif bilan chiqishlari haqida aytib o‘tishdi. Ular FIDE’ga Jahon kubogi va Butunjahon shaxmat olimpiadasini o‘tkazish huquqi uchun ariza topshirishadi. Agarda delegatlar ovoz beradigan bo‘lishsa, Afrika qit'asidan bo‘lgan mamlakatlar bu musobaqalarni o‘zlarida qabul qilishadi», - dedi Ilyumjinov.
Joriy yilda esa Jahon kubogi Gruziya poytaxti Tbilisida 2-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kirsan Ilyumjinov Kasparovning shaxmatga qaytishiga munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
10:54 / 09.04.2025
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025