Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «O‘zbekiston: Sharq ertagi» nomli ko‘rgazma ish boshlamoqda
28 avgust kuni AQShning Florida universitetida ish boshlagan «O‘zbekiston: Sharq ertagi» nomli ko‘rgazma rasman 1 sentabr kuni ochilib, 28 oktabrga qadar davom etishi ma'lum qilindi. Tadbirni Fulbrayt dasturi ishtirokchisi Albina Hartner tashkillashtirmoqda.
Ko‘rgazmada o‘zbekistonlik taniqli fotograf Ernest Kurtveliyev suratlari va mashhur o‘zbek hunarmandlarining kulolchilik va to‘qimachilikka oid asarlari namoyish etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 15 sentabr va 20 oktabr kunlari universitet binosida O‘zbekiston madaniyat va tarixi, xalqining qadriyatlari haqida ilmiy ma'ruza darslari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
«Ko‘rgazma ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, amerikaliklarning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga, buguniga sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi», deydi tashkilotchi.
Bundan tashqari, 20 oktabr kuni Florida universitetida o‘zbek milliy folklor raqs turkumlarining tomoshasi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:38 / 26.04.2025
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi
12:47 / 17.03.2025
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi
17:40 / 03.12.2024