Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Ikkinchi jahon urushi tarixini qayta yozish harakatlarini keskin qoraladi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Ikkinchi jahon urushi tarixini qayta yozish bo‘yicha harakatlar, Xolokostni rad etish va yevropalik yahudiylarning qirg‘iniga aloqador bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishni qoraladi.
U “qator davlatlarda” kuzatilayotgan bunday holatlarni antisemitizm va murosasizlikning zamonaviy shakllari qatorida tilga oldi.
"Xolokostdan so‘ng BMTning tashkil etilishi dunyo shunday nafrat va zo‘ravonlikdan qochishi mumkin ekaniga umid berdi. Biroq, antisemitizm va murosasizlik tashvishli holat bo‘lib qolmoqda", - dedi Guterresh Tel-Avivdagi yahudiy xalqi Muzeyida chiqish qilib.
"Aniq dalil-isbotlar bor ekaniga qaramay, Xolokostni rad etayotgan yoki uning ko‘lamini kamaytirayotgan shaxslar hamon bor. Ba'zi davlatlarda Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq tarixni qayta yozish hamda Xolokost fojiasi va jinoyatlarga aloqador bo‘lgan qator shaxslarni reabilitatsiya qilish tendensiyasi ko‘zga tashlanmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Guttereshning Tel-Avivdagi chiqishi uning BMT bosh kotibi sifatida Yaqin Sharq mintaqasiga ilk tashrifini yakunlab berdi. U bu yerda Isroil va Falastin rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, G‘azo sektoriga bordi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
01:16 / 16.05.2025