Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda soatiga 4000 kilometr tezlik bilan harakatlanuvchi poyezd yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Xitoy aerokosmik korporatsiyasi CASIC (China Aerospace Science and Industry Corporation) tezlikni soatiga to‘rt ming kilometrga qadar chiqarishi mumkin bo‘lgan poyezdni ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sina.com nashri xabar berdi.
HyperFlight transport tizimi o‘ziga xos magnitli yostiqchada, past vakuumga ega tunnelda harakatlanuvchi poyezddir.
Uning ustida Xitoy va xorijdagi 20dan ortiq institutlar ish olib boradi, CASIC hozirning o‘zida istiqbolli transport tizimi bilan aloqador bo‘lgan 200dan ortiq patentga ega.
Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisida mintaqaviy poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi, ularning tezligi soatiga ming kilometrga yetishi mumkin. Ikkinchi bosqichda qatnov yirik megapolislar o‘rtasida yo‘lga qo‘yiladi, tezlik ikki barobarga oshadi. Uchinchisida esa HyperFlight Xitoydan tashqariga chiqadi.
AQShda ham shunga o‘xshash loyihalar rivojlanmoqda. Avvalroq Ilon Mask Hyperloop kapsulasining tezlik bo‘yicha yangi rekordini o‘rnatgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025