Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika Tramp tahdidlari tufayli NAFTA bo‘yicha muzokaralardan bosh tortishi mumkin
Meksika tashqi ishlar vaziri Luis Videgarayning ma'lum qilishicha, mamlakat erkin savdo to‘g‘risidagi Shimoliy Amerika kelishuvi bo‘yicha muzokaralardan bosh tortishi mumkin. Bu holat AQSh yana undan chiqish haqida tahdid qiladigan bo‘lsa, ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, avvalroq Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh Kanada hamda Meksika bilan qulay savdo kelishuvlariga erishish uchun NAFTA’dan chiqishi lozimligi haqida ma'lum qilgan.
Meksika tashqi ishlar va iqtisodiyot vazirlarining tashrifi davomida AQSh savdo vaziri Uilbr Ross bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uning davomida har ikki davlat vakillari NAFTA bo‘yicha «jiddiy» muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Kelishuv bo‘yicha muzokaralarning birinchi turi Vashingtonda avgustda yakunlandi. Ikkinchi tur Meksikada 1-5 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Tramp NAFTA'ni tarixdagi eng rasvo savdo bitimi, deb atagandi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025