Odil Ahmedov: «Yoki Koreyani yutishimiz yoki butunlay futbolni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak»
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyga qarshi uchrashuvdan so‘ng (0:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugun darhaqiqat, juda qiyin bo‘ldi. Qanchadan-qancha 100 foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadik. Gol urishimiz shart bo‘lgan vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Albatta bunday imkoniyatlardan foydalana olmaganingdan keyin jazolanasan. Sen urmasang, senga urishadi.
Endi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘yinda borimizni berib o‘ynashimiz kerak. Bunaqa holatda yoki Koreyani yutish kerak, yoki, yaxshisi futbol o‘ynashni butkul yig‘ishtirib qo‘yish kerak. O‘yinga bugungidek yondashib biror narsaga erishib bo‘lmaydi», deya jahl bilan gapirib o‘tdi Ahmedov.
Mavzuga oid
04:42 / 10.09.2023
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda AQShga mag‘lub bo‘ldi
22:31 / 14.06.2022
O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma oldi
15:06 / 14.06.2022
O‘zbekiston–Iroq o‘yinidagi tartibsizlik uchun 19 kishi javobgarlikka tortildi
22:48 / 08.06.2022