Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Afg‘onistonda Amerikaning 11 ming harbiy xizmatchisi bor
Pentagon ma'muriyati (AQSh mudofaa vazirligi) ayni vaqtda Afg‘oniston hududida xizmat majburiyatlarini o‘tayotgan amerikalik harbiylar sonini ma'lum qildi. Reuters agentligining xabariga ko‘ra, u yerda 11 ming askar xizmat qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bu Afg‘onistondagi harbiy kontingent soni ko‘tarilganini anglatmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ma'lumotlar avval e'lon qilinmagan aniq raqamlardir, xolos.
Pentagon vakili Dana Uaytning qayd etishicha, «bu askarlar sonining oshgani emas», balki AQShning Afg‘onistondagi harbiylari soni borasida shaffof bo‘lishga intilishdir.
Bundan avval, AQSh mudofaa vazirligi Afg‘onistonda 8400 harbiy xizmatchisi borligini bildirgan edi. Bu ma'lumotlar Barak Obama ma'muriyati tomonidan ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025