Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada «Shimoliy Oqim - 2»ga qarshi qonun loyihasi tayyorlandi
Daniya hukumati «Shimoliy oqim — 2» gaz quvuriga to‘sqinlik kilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi, deb yozadi Politiken gazetasi.
Mamlakat hukumati Daniya hududiy suvlari orqali quvurlarni yotqizish bo‘yicha loyihalarni rad etish huquqini qo‘lga kiritish niyatida. «Shimoliy oqim — 2» esa, shunday loyihalardan biridir.
Qayd etilishicha, ular bu harakatlariga xavfsizlik hamda tashqi siyosatdagi ahvolni ro‘kach qilishmoqda.
Hozircha, bu loyihani Daniya energetika agentligi rad eta oladi. Bunda gaz quvuri qurilishi sezilarli ekologik tahdid uyg‘otishi to‘g‘risidagi bahona uning qabul qilinishiga asos bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
18:44 / 02.04.2025