Jahon | 09:43 / 02.09.2017
2449
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

“Boko harom” terrorchilik guruhi jangarilari Nigeriyaning Banki aholi punkti aholisiga pichoqlar bilan hujum qilishdi. Hujum oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum 1 sentabr kechasi sodir etilgan. 

Ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda Nigeriya shimoli-sharqida hujumlar soni ko‘paygan. Ular oqibatida 1 iyundan to hozirgacha kamida 172 kishi o‘ldirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid