Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik harbiy-ekologlar Vrangel orolida 300 tonnadan ortiq temir-tersak yig‘ishdi
Rossiya armiyasining Sharqiy harbiy okrugi ekologiik vzvodi Arktikaning Vrangel orolida 310 tonna temir-tersak yig‘di, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"ShHO ekologik vzvodi harbiy xizmatchilari Vrangel orolida 310 tonna temir-tersak yig‘ib, quruqlikka yuborishga tayyorlab qo‘ydi. Bo‘linmaning yanada samarali faoliyat yuritishi uchun ob-havo sharoiti yaxshilansa, Anadir aeroportidan Vrangel oroliga ikkita presslovchi va kesuvchi uskuna ortilgan vertolyot yuboriladi", — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, harbiy xizmatchilar presslovchi uskunalar, generatorlar, benzinli arralar, "Ural" bort mashinalari, "KamAZ" samosvallari, avtomobil krani va 20 funtli konteynerlardan foydalanmoqda. Harbiy ekologlar oktabr oyigacha 600 tonnaga yaqin yoqilg‘i-moylash materiallaridan qolgan bochkalarni presslashni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025