Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi cho‘lda IShIDning 17 avtobusidan iborat konvoy to‘xtab qoldi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya vakillarining ma'lum qilishicha, ichida IShID jangarilari va ularning oila a'zolari bo‘lgan 17 ta avtobusdan iborat konvoy Suriya hududidagi cho‘lda to‘xtab qolgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Shuningdek, xabar qilinishicha, koalitsiya vakillari konvoyda bo‘lgan ayollar va bolalarni qutqarib olishga harakat qilishgan. Shu bilan birga, konvoyga zarbalar berilmagan.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, AQSh Suriya hukumatiga murojaatni yetkazish maqsadida Rossiya tomoni bilan bog‘langan. Ular konvoyning Iroq bilan chegara yo‘nalishiga qarab harakatlanishini yengillashtirishga uringan.
Avvalroq Suriya muxolifati AQSh vositachilar orqali IShIDga qurol sotayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
15:40 / 22.05.2025