JCh-2018 saralashi. O‘zbekistonning imkoniyati Suriya va Xitoynikidan ancha yuqori baholandi
JCh-2018 saralashi doirasida navbatdagi turlar oldidan We Global Football’ning Twitter sahifasida terma jamoalarning mundialga yo‘llanma olish imkoniyatlari baholab chiqildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasida 2018 yili Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga borish uchun imkoniyatlar 37,83 foizga teng. Samvel Babayan qo‘li ostidagi jamoa «Omad kulib boqishi kerak» deya nomlangan guruhga joylashtirilgan.
O‘zbekistonliklar guruhida Eron allaqachon yo‘llanmani naqd qilgan, ikkinchi o‘rindagi Janubiy Koreya termasida 14, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlardagi Suriya hamda O‘zbekiston terma jamoalarida 12tadan ochko bor.
We Global Football talqiniga ko‘ra, 5 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydigan koreyaliklarning Rossiyadagi mundialga borish imkoniyati 72,71 foizga teng. Oxirgi turda Eronga qarshi safarda o‘ynaydigan Suriyaning imkoniyati 13,63 foizga teng, deb ko‘rsatilgan. Bu Eron oxirgi turni o‘z muxlislari qarshisida o‘tkazishi va mag‘lubiyatsiz hamda darvoza daxlsizligini saqlab qolish seriyasini davom ettirishga urinish bilan izohlanadi.
Lekin qayd etish kerakki, Xitoydagi mag‘lubiyatdan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati O‘zbekistonning o‘z qo‘lida emas. Agar 5 sentabr kuni koreyaliklar kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratilsada, Suriya Eron ustidan g‘alaba qozonsa, ikkinchi o‘rinni egallab, Rossiyaga chiptani qo‘lga kiritadi.
Nazariy maksimumga ko‘ra, yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab qolgan Xitoy esa uchinchi yo‘llanmadan umid qilishi mumkin. Ayni vaqtda xitoyliklarda 9 ochko mavjud. Agar oxirgi turda Suriya va O‘zbekiston o‘z o‘yinlarida yengilib, Xitoy Qatarni yirikroq hisobda yengsa, uchinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin. Bunda imkoniyat hatto 1ga ham teng emas — 0,25.
Qatar avvalgi turlardayoq, muddatidan avval kurashdan chiqib bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:00 / 12.11.2017
Marokash va Tunis JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
16:40 / 10.11.2017
Buffon bilan, ammo Ibrasiz. Italiya Shvetsiyaga qarshi
20:30 / 09.11.2017
Jahon chempionatining qolgan ishtirokchilari aniqlanadi. Joy 10ta, da'vogarlar 20ta
17:15 / 17.10.2017