Sport | 15:50 / 03.09.2017
12126
1 daqiqa o‘qiladi

«Everton» Runiga jiddiy chora ko‘radi

«Everton» hujumchisi Ueyn Runi avtomobilini mast holda boshqargani uchun klub tomonidan jarimaga tortiladi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, liverpulliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman uning harakatlaridan norozi bo‘lgan va uni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatib, ikki haftalik maoshidan mahrum qilishni rejalashtirmoqda. Bu taxminan 300 ming funt sterling miqdoridagi mablag‘ bo‘ladi.

Shuningdek, Runi «Everton»ning «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvini ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Qiziq tomoni, Kuman Runi bilan shartnoma imzolashdan oldin ham uning xulqidagi kamchiliklardan bezovta bo‘lganini bildirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid