Jamiyat | 22:30 / 03.09.2017
27995
2 daqiqa o‘qiladi

Falastinlik aka singil 15 yildan keyin Haj ziyoratida topishishdi

Foto: AN

Falastinlik aka-singil Samir va Bushra 15 yillik judolikdan so‘ng Minoda topishishdi. ArabNews shu haqida xabar berdi. 

Gap shundaki, qadrdonlar Falastin yerlari mustamlakasi va Samirning Avstraliyaga migratsiyasi sababli ko‘risha olishmagandi. Haj ziyoratiga kelgan Bushra akasini ko‘rib, o‘z hissiyotlarini nazorat qila olmay qoldi. 

Ayolning aytishicha, u akasi bilan oxirgi marta ko‘rishganini hanuz yodida saqlab qolgan. "Allohga hamdu sanolar bo‘lsin, biz Iyd-al-Adhaning birinchi kunida ziyoratchilar sifatida qayta ko‘rishishga muvaffaq bo‘ldik", - deydi ayol. 

Samir singlisini ko‘ra olmayotganidan azobda edi, u bunday imkon paydo bo‘lgani uchun Allohga va qirol Salmonga rahmatlar aytdi. 

Samirning so‘zlariga ko‘ra, u Bushra bilan Haj safarida ko‘rishni oldindan reja qilmagan, hammasi tasodifan ro‘y bergan.

Mavzuga oid