Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guardian: IShID Londonda terakt sodir etish uchun BBC jurnalistini “yolladi”
IShID terrorchilik guruhi jangarisi BBC teleradiokompaniyasi jurnalistini London ko‘prigi hududida qo‘poruvchiliklar sodir etish uchun yollashga urinib ko‘rdi. Bu haqda The Guardian nashri reportyor so‘zlariga asoslangan holda yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, BBC xodimi ikki yil mobaynida ekstremistik guruhlar bo‘yicha o‘z surishtiruvini olib borgan. U o‘z faoliyatini yashirgan holda IShID jangarilari bilan Twitter orqali yozishgan. Gazetaning yozishicha, g‘arazgo‘ylar jurnalistni London ko‘prigi yaqinida bir o‘zi yoki gumashtalari bilan birga hujum uyushtirishga chorlagan. The Guardian nashrining qayd etishicha, bu “yollash” teraktdan bir yil avval sodir bo‘lgan.
Jurnalist, shuningdek, o‘z surishtiruvi doirasida IShIDning boshqa a'zolari bilan ham aloqaga chiqqan. Ular OAV xodimiga keyingi hujumlar rejalari va qurol-yarog‘larni qayerdan xarid qilish mumkinligini ma'lum qilishgan.
Ma'lumki, 3 iyun kuni 3 terrorchi London ko‘prigi hududida avtomobilda piyodalarni bosib ketdi. So‘ngra, ular Boro-marketgacha borib, mashinalaridan chiqib, pichoqlar bilan o‘tgan-ketganlarga hujum qildi. O‘shanda 8 kishi halok bo‘ldi, huquq-tartibot organlari vakillari terrorchilarni yo‘q qildi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024