Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Koutino transferiga ishonib boshqa yulduz transferini rad etgan
«Barselona» yozgi transferlar vaqtida ikki marotaba «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalani sotib olish taklifini o‘zi rad etgan. Bu ishni klub mutasaddilari «Liverpul» yarimhimoyachisi Filippe Koutino sabab amalga oshirgan, deb yozmoqda AS nashri La Sexta manbasiga tayanib.
Manba bergan xabarga ko‘ra, «Yuventus» «Barselona» bilan 23 yoshli Dibalani 120 mln yevro evaziga sotishga tayyor bo‘lgan, ammo kataloniyaliklar turinliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortgan va faqat Koutino transferi bo‘yicha shug‘ullanishgan.
17 avgust kuni «Barselona» vitse-prezidenti va Dibalaning agenti hamda «Yuventus» ijrochi direktori ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Suhbat paytida futbolchining «Barsa»da o‘ynash istagi borligi va buning uchun turinliklar muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini ma'lum qilishgan. Shunga qaramasdan, «Barselona» sport direktori Robert Fernandes taklifga rad javobini berib, Dibala milliy terma jamoadagi sherigi Lionel Messi bilan birga yonma-yon o‘ynab keta olmaydi deb hisoblagan. Natijada kataloniyaliklar Koutino uchun harakat qilgan. Yakunda jamoa uni qo‘lga kirita olmadi.
Transfer bozori yakunlanishiga ikki kun qolganida «Yuventus» «Barselona»ga yana bir taklif bilan chiqqan, biroq bu taklif ham rad etilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025