Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an va Aun San Su Chji Myanmadagi musulmonlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Myanma tashqi ishlar vaziri va davlat maslahatchisi Aun San Su Chji bilan ushbu mamlakatdagi musulmonlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi, deb xabar qilmoqda Anadolu axborot agentligi.
Turkiya davlat rahbarining qayd etishicha, Myanmaning Arakan viloyatidagi rohingya musulmonlarining huquqlari poymol etilishi butun dunyoda, ayniqsa Islom davlatlarida chuqur tashvish uyg‘otmoqda.
Siyosatchilar inqirozga barham berish va ushbu mintaqa aholisiga gumanitar yordamlarni yetkazishni tashkil etish masalalarini ham muhokama qilishdi.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Turkiya terrorizmning har qanday ko‘rinishini, shuningdek, tinch aholiga qarshi qaratilgan harbiy amaliyotlarni birdek qoralaydi. Prezident Myanmadagi hozirgi vaziyat gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Uning aytishicha, rasmiy Anqara muammoga barham berish bo‘yicha barcha choralarni qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga, o‘zaro nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga hamda tinch aholini himoya qilishga chaqiradi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025