Amerika kuch tuzilmalari xodimlarining RF bosh konsulligidagi harakati tasvirlangan video e'lon qilindi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Amerika kuch tuzilmalari vakillari RFning San-Frantsiskodagi bosh konsulligi binosi tomida «noma'lum ishlar» olib borayotgani tasvirlangan videoni e'lon qildi.
Rolikka qoldirilgan izohda aytilishicha, Amerika kuch tuzilmalari xodimlari «ruxsatsiz xo‘jayinlik qilmoqda», «qimmat parketga zarar yetkazishmoqda» hamda o‘zlarini xuddi reyderlar kabi tutishgan. Idoradan ta'kidlashlaricha, bu kishilar kim ekani noma'lum.
Rossiyaning Vashingtondagi bosh konsulligi va savdo vakolatxonasida shanba kuni tintuv o‘tkazildi. RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu harakatlarni xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi, deb atadi hamda Moskva sudga murojaat qilishga tayyorligini qo‘shimcha qildi. Davlat departamenti vakilining tintuvlardan so‘ng ma'lum qilishicha, tadbir diplomatik obektlar yopilganidan keyin o‘tkazilgan va qonunga zid bo‘lmagan.
Mavzuga oid
08:40
Zelenskiy BMTda: Rossiyani tinchlikka faqat majburlash mumkin
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:24 / 24.09.2024
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
16:32 / 24.09.2024