Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobodda 33 mln 200 ming so‘mga chuv tushirgan firibgar ushlandi
Yashnobod tumanida Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan birgalikda Koreyaga ishga yuborishni va'da qilib, 33.200.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan firibgar qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yashnobod tumanida 5 sentabr kuni soat 19.22 da tushgan xabarga ko‘ra, 17 avgust kuni soat 21.26 da, 1993 yilda tug‘ilgan, Sergeli tumani, Qo‘yliq 5-16-uyda yashovchi Yu.E., 1987 yilda tug‘ilgan, Aviasozlar 3-34-uyda yashovchi R.A.ni uyida uni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini va'da qilib, 33.200.000 so‘m pullarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Yu.E.ga nisbatan Yashnobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
19:57 / 14.04.2025
Toshkentning Yashnobod tumanida okeanarium quriladi
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025