Jamiyat | 19:25 / 06.09.2017
11412
3 daqiqa o‘qiladi

El orasida hurmat qozongan onalarga "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni ta'sis etildi

Foto: O‘zA

"Nuroniy" jamg‘armasi va oqsoqollar voyaga yetmaganlar, notinch oilalar, diniy ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolgan fuqarolar bilan yakka tartibda ishlash, yoshlarga madaniyat, ta'lim-tarbiya, odob o‘rgatish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport obektlari, musiqa maktablari, barkamol avlod markazlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash kabi chuqur masalalarga alohida e'tibor qaratmoqda. Xalqaro Press-klubning navbatdagi tadbirida shu haqida ma'lumot berildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017 yil 1 sentabrgacha har bir tuman va shaharda, qoidaga ko‘ra madaniyat va dam olish istirohat bog‘lari hududida "Nuroniylar maskani" majmualari faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi. Ularda "Nuroniy" jamg‘armasining joylardagi bo‘limlari uchun xonalar ajratiladi. Ayni paytda Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ana shunday maskanlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Uzoq yillar iqtisodiyot va ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalardagi halol mehnat qilgan mehnatkashlarga, shuningdek ishlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kichik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi mas'uliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni (I, II, III darajali) ta'sis etildi.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, korxona va tashkilotlar rahbarlari pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy g‘amxo‘rlik va e'tibor ko‘rsatishi, ularga zarur moddiy va ijtimoiy ko‘mak berishi, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolg‘izlardan xabar olish, tug‘ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg‘alar berishni, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishda ko‘maklashishi, sanatoriya-kurortda sog‘lomlashtirish va davolashni tashkil etishi, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishi va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirishi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Pensionerlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning hayotiy muhim muammolarini muhokama qilish va hal etishga yordam berish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga pensiyaga chiqqan xodimlarini rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvallari belgilangan.

Farmon va qarorda ko‘zda tutilgan choralarning amalga oshirilishi keksalar va faxriylarni yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, keksa yoshdagi odamlar, imkoniyati cheklangan shaxslar va yolg‘iz keksalarning turmush sharoiti va sifatini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga, manzilli ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yordam beradi.

Mavzuga oid