Jamiyat | 08:02 / 06.09.2017
6352
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada «Irma» tufayli milliy gvardiya safarbar qilindi

Foto: AFP

Florida shtati gubernatori Rik Skott «Irma» dovuli yaqinlashayotgani tufayli milliy gvardiya safarbar qilingani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» gubernator bayonotiga asosan.

«Bugun men shtat milliy gvardiyasining aviatsiya va quruqlikdagi qo‘shinlari 100 harbiy xizmatchisini jalb etdim, bu «Irma» dovuliga tayyorgarlik ko‘rishda yordam ko‘rsatish maqsadida qilindi. Mening qarorimga ko‘ra, ular butun shtat bo‘ylab joylashtiriladi. Milliy gvardiyaning barcha yetti ming harbiy xizmatchisi juma kuni xizmatga chiqishi haqida topshiriq berdim», - deyiladi bayonotda.

Avvalroq «Irma» dovulida shamol tezligi aqlbovar qilmas darajaga yetgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid