Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nissan shu kuz mavsumida yangi krossoverini namoyish etadi
Yaponiyaning mashhur avtomobilsozlik kompaniyalaridan biri yangi elektrokrossoverini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Kontsept taqdimoti joriy yil oktabr oyida Tokiodagi avtoko‘rgazmada bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda Autocar. Nashrning yozishicha, prototip negizida barpo qilinadigan seriyali elektrokross 2019 yilda paydo bo‘ladi.
Suratda: AQSh bozori uchun ishlab chiqarilgan yangi avlod Nissan Leaf
Yangi mashina ikkinchi avlod Nissan Leaf shassisida quriladi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, kross Nissan Qashqai modelidan biroz yirikroq bo‘lishi mumkin.
Leaf elektromobilidan krossoverga motor ham ko‘chirilishi mumkin. Ma'lumki, bugun e'lon qilingan yangi xetch 150 ot kuchli elektromotor, 40 kVt*s hajmli litiy-ionli batareya bilan jihozlangan. Uning yurish zaxirasi 378 kilometrdir. Bundan tashqari, yangi modelga yarim avtomat ProPilot boshqaruv tizimi va ProPilot Park to‘xtash tizimi o‘rnatilishi ehtimol. Ular allaqachon Leaf modelida bor.
Suratda: 2012 yili namoyish etilgan Nissan Terra Autocar nashrining qayd etishicha, yaqinda Nissan kompaniyasi Terra nomini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Uning boshqa bir kontseptual yo‘ltanlamasi shunday nomlangan edi. Model 2012 yili Parij avtosalonida namoyish etilgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
20:03 / 08.11.2024
Nissan savdolar tushib ketgani tufayli minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
21:25 / 18.03.2024